La-plata
La-plata — Argentinadagi shahar, mamlakatning Sharqiy qismida. La-plata qo’ltig’ining Janubiy sohilidagi port. Buenos-Ayres provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 553 ming kishi (2001). Savdo va sanoat markazi. Temir yo’l tuguni. Yetakchi sanoat tarmog’i — neftni qayta ishlash va neft kimyosi. Oziq-ovqat, metallsozlik, to’qimachilik, tsement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, rasadxona, muzeylar bor. Shaharga 1882 yilda asos solingan.