Lagerlyof (Lagerlof) Selma

Lagerlyof (Lagerlof) Selma (1858.20. 11 – Morbakka – 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akademiya a’zosi (1914). Birinchi va ko’zga ko’ringan yirik romani — «Iyost Berling haqida Saga» (1891). Asar romantik uslubda yozilgan bo’lib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Lagerlyof Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan so’ng «Dajjolning mo’jizalari» (1898) kitobi va «Quddus» (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan «Nils xolgerssonning Shvetsiya bo’ylab g’aroyib sayohati» (1906) romani va «botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha» (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909).