Laguna
Laguna (lotincha Lacus — ko’l) — 1) tor bo’g’oz (yoki bo’g’ozlar) orqali dengiz bilan tutashib turadigan yoki kambar quruqlik bilan dengizdan ajralgan sayoz tabiiy suv havzasi. Dengiz bilan uncha yaxshi bog’lanmaganligi yoki undan butunlay ajralib qolganligi uchun Laguna suvining sho’rligi va undagi cho’kindilarning xususiyati, o’simlik va hayvonlari dengizdagidan boshqacharoq bo’ladi. Laguna Meksika qo’ltig’i, qora dengiz (Dunay daryosi quyiladigan joydan shimolda), Kaspiy dengizi (Sharqiy sohili), Saxalin, kamchatka, Chukotka yarim oroli va boshqa joylarda uchraydi; 2) dengizning materik yoki Orol bilan marjon riflari o’rtasidagi, shuningdek, atoll ichidagi qismi.