Lapilla
Lapilla (lotincha lapilus — toshchalar) — mayda yumaloq yoki noto’g’ri shaklli lava bo’laklari. Vulkan otilgan vaqtda vulkan bombalari va kuli bilan birga chiqadi. O’lchami no’xat kattaligidan yong’oq kattaligigacha bo’ladi. Otilayotgan lavaning havoda qotgan mayda bo’laklaridan yoki avvalgi vulkan jinslaridan iborat. Lapillaning katta massalari vulkanning qiya yon bag’rida tekis baxmalsimon yuza hosil qiladi.