Laptevlar dengizi
Laptevlar dengizi – shimoliy Muz okeanining chekka dengizi. Janubdan Osiyo qirg’oqlari, g’arbdan Taymir yarim oroli va Severnaya Zemlya orollari, sharqdan Novosibirsk orollari bilan o’ralgan. Bo’g’ozlar orqali g’arbda Kara dengizi, Sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan. Maydoni 662 ming km2. Chuqurligi 50 metr — maksimal chuqurligi 3385 metr. Yirik qo’ltiqlari: Xatanga, Olenek, Buor-Xaya. Dengizning g’arbiy qismida Orol ko’p. Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolar quyiladi. Laptevlar dengizi iqlimi Arktika iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -31°, -34° (minimum temperatura -50°), iyulniki g—7° (maksimum temperatura 24°). Yiliga 100 mm yog’in tushadi. Yilning ko’p qismida muz bilan qoplanib yotadi. Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqalar yashaydi. Asosiy porti — Tiksi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D. Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga qo’yilgan.