Laringoskopiya
Laringoskopiya (laringo… va …skopil) — maxsus asbob — laringoskop yordamida hiqildoqni og’iz bo’shlig’i orqali tekshirish usuli. Laringoskopiya bevosita va bilvosita qilinadi. Bilvosita Laringoskopiya metall tayoqchaga mahkamlab qo’yiladigan, gardishi ham metalldan bo’lgan yumaloq hiqildoq ko’zgusi (diametri 15-30 millimetr) orqali amalga oshiriladi. Laringoskopiyani vrach bajaradi, bunda yorug’lik nuri shifokor peshonasiga taqib olgan reflektorga tushib, og’izga kiritilgan ko’zguga qaytadi, ana shunda hiqildoqdagi bor illat ro’yi-rost ko’rinadi. Bevosita Laringoskopiyada ko’pincha jarrohlik operasiyalaridan oldin maxsus asbob — laringoskop bilan hiqildoq va traxeyaning yuqori qismi ko’zdan kechiriladi.