Latcha

Latcha (Mustela nivalis) — eng mayda yirtqich, uzunligi 13— 28 santimetr, vazni 40 grammdan 100 grammgacha. Yozda yungi tanasining orqa tomonida ochiq kulrang, qorin tomonida oqish yoki sarg’ish; arealining shimol qismida qishda oqrangga kiradi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika va Osiyoda tarqalgan. Juda serharakat, sichqonlarni qirib katta fonda keltiradi. Oq latcha (M. erminsa) latchaga nisbatan bir oz yirikroq, dumining uchi qora, uzunligi 16-38 santimetr, vazni 260 grammgacha. Yevropaning deyarli hamma hududlarida, shimoliy Amerika, Osiyoning shimol qismida uchraydi. O’rta Osiyoda Orol dengizidan shim.rokda tarqalgan. Asosiy ozig’i mayda kemiruvchilar: sichqonlar, dala sichqonlari: kemiruvchilar kam bo’lganida esa baliqlar, baqalar, qushlarning uyasidagi jo’jalari; och qolganida mevalar va xar xil organik chiqindilar bilan oziqlanadi. Yiliga bir marta 4-8 tadan bolalaydi. Latchaning ikkala turi ham zararkunanda kemiruvchilarni qirib, insonga katta foyda keltiradi. Oq latcha qimmatbaho mo’yna beradi.