Lebedev Oleg Vladimirovich

Lebedev Oleg Vladimirovich (1940.25. 1, Toshkent) — mashinalar mexanikasi sohasidagi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1987), texnika fanlari Doktori (1979), professor (1980). Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan (1962). Shu institutda assistent, dotsent (1965-71); ilmiy ishlar bo’yicha prorektor hamda traktorlar va avtomobillar kafedrasida professor (1971 — 80), VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi vitse-prezidenti (1981-87). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi vise-prezidenti va fizika-matematika bo’limi raisi (1987-94), Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida laboratoriya mudiri (1994 yildan). Ilmiy ishlari g’ildirakli mashinalarning rul boshqarmalari va boshqa mexanizmlarning gidrodinamika nazariyasi; perspektiv gidrokuchaytirgichlar bosimi manbalarini loyihalash va hisoblash; mashina va mexanizmlarni texnik talablarga asosan sintezlashga oid.