Lebedev Petr Nikolayevich

Lebedev Petr Nikolayevich [1866. 24.2(8.3) – Moskva – 1912. 1(14)3] -rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan. Moskva universiteti professor (1900-11). 1891 yilda o’zidan nur chiqaradigan jismlar orasida o’zaro itarishish kuchi mavjudligini, bu esa yorug’lik bosimi tufayli ekanligini hamda yorug’lik bosimi ta’sirida dumli yulduzlar paydo bo’lishini isbotlagan. Birinchi bo’lib millimetrli elektromagnit to’lqinlarni qosil qilgan (1895) va ularni o’rgangan. Qattiq jismlarga (1899) va gazga (1908) yorug’lik bosimi ta’sir etishini kashf etgan va uni o’lchagan. Bu bilan u yorug’likning elektromagnit nazariyasini miqdor jihatdan tasdiqlagan. Yer aylanishining yer magnetizmini hosil bo’lishiga ta’sirini o’rgangan. Rossiya Fanlar Akademiyasi fizika instituti uning nomi bilan ataladi.