Lemurlar, chala maymunlar, makilar

Lemurlar, chala maymunlar, makilar (Lemuroidae) — primatlar turkumiga mansub sut emizuvchilar kenja turkumi. Tanasining uzunligi 12-72 santimetr, juni qalin, yaltiroq. Tumshug’i cho’ziq, ko’zi va quloqlari katta, ko’pchiligining dumi uzun. 2 juft sut bezlari, 9 taga yaqin hid bilish mo’ylovi bor. Madagaskar Lemurlarining kalla suyagi cho’ziq, boshqa turlari (Lorilar)da qisqa. Orqa oyoqlari oldingisidan uzun (ayniqsa, sakrovchi turlarida). Oyoq va qo’l barmoqlari daraxt shoxlariga osilib yurishga moslashgan. Bo’g’ozlik davri 3— 5 oy. 1 ta bola tug’adi. Lemursimonlar va lorisimonlar oilasiga bo’linadi. Tunda faol, kunduzi daraxt kovaklarida yoki uyasida uxlaydi. Lemurlar Afrikaning tropik o’rmonlari, Madagaskar oroli, Janubiy-G’arbiy Osiyo, Shri Lanka va zond orollarida keng tarqalgan. Lemurlar har xil mevalar, barglar, hasharotlar, qushlarning tuxumi va jo’jasi bilan oziqlanadi.