Lena

Lena — Sharqiy Sibirdagi daryo. Uzunligi 4400 kilometr, havzasining maydoni 490 ming km2. Baykal tizmasining g’arbiy yon bag’ridan boshlanib, Laptevlar dengiziga Delta hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimi va havzasining anchagina qismi Baykal bo’yi va Zabaykalening tog’li rayonlari hamda O’rta Sibir yassitog’larida. Yuqori oqimida Lena vodiysi tor (1 — 10 kilometr), qirg’oqlari baland, quyiroqda vodiysi 30 kilometrgacha kengayadi, qirg’oqlari Yakutsk shahrigacha baland, qoyali, pasttekisliklardan iborat. Asosiy irmoqlari: chapda Nyuya, Vilyuy, o’ngda Kirenga, Vitim, Olyokma, Aldan. O’rtacha suv sarfi 17 ming m3/sek. Oktabrda muzlab iyun boshlarida muzdan bo’shaydi. Ustkut shahridan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Asosiy port va pristanlari: Osetrovo, Kirensk, Lensk, Olyok- Minsk, Pokrovsk, Yakutsk, Sangar. Baliq ovlanadi.