Leptonlar

Leptonlar (Yunoncha leptos — yengil, kuchsiz) — o’zaro kuchli ta’sirlashmaydigan elementar zarralar; ular faqat kuchsiz, elektromagnit va gravitasion o’zaro ta’sirlarda ishtirok etadi. Barcha Leptonlar 1/2 spiniga ega, ya’ni ular Fermionlar hisoblanib, Fermi — Dirak statistikasita bo’ysunadi. 1975 yilgacha massasi protonning 0,12 massasidan kichik bo’lgan, Leptonlargina: — elektron, myuon, elektron va myuon neytrino, shuningdek, ularning antizarralari ma’lum bo’lgan. Elektron modda tarkibiga kiruvchi yagona barkaror lepton hisoblanadi. Pozitron moddadagi elektron bilan qo’shilib, juda qisqa vaqtda annigilyatsiyalanadi, ya’ni fotonlar (ikkita yoki uchta)ga aylanadi. Tabiatda neytrino va antineytrinolar yadrolarning R-yemirilish jarayonlarida va elementar zarralarning yemirilishidan hosil bo’ladi. Ularning massasi nolga yaqin. Yadro reaktorlari neytrinolarning manbai hisoblanadi. Yangi ma’lumotlar protondan og’irroq Leptonlarning mavjudligini ko’rsatmoqda. Tarkibida Leptonlar bo’lgan elementar zarralarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda Leptonlar va antilepton sonlari orasidagi farq o’zgarmas kattalik bo’lib qoladi.