Lessirovka

Lessirovka (nemischa lasieren — sirlash, sir bilan qoplash) — rangtasvir asarini yakunlovchi nozik bo’yoq qatlami. Chala qurigan yoki qurigan qalin bo’yoqlar ustidan beriladi. Bu usul ranglar turlanishini o’zgartirish, kuchaytirish, yengillatish, koloritni boyitish, ularning uyg’unligi va mutanosibligiga erishish maqsadlarida qo’llaniladi. Ayniqsa, 16-19-asrlarda yaratilgan asarlar Lessirovka bilan tugallangan. Hozirgi davrda o’zbek rassomlari (jumladan, Sh. Abdurashidov, M. Nuriddinov, A.Aliqulov. Sh. Qo’ziyeva va boshqalar) ijodida rangtasvir asarlari yaratish jarayonida qisman yoki to’liq qo’llaniladi.