Leykobirikmalar
Leykobirikmalar – indigoid, xinoimin, antraxinon, oltingugurtli va boshqa bo’yagichlarning qaytaruvchi muhitda olingan shakllari. Bo’yagichlarning Leykobirikmalarga aylanish jarayonida ulardagi qo’sh bog’lar (S=o, C=NR, C=C) yoki oltingugurtli bo’yagichlarda disulfid S—S bog’larning qaytarilishi natijasida aromatik qoldiqlardagi bog’lar tavsifi o’zgaradi. Masalan, xinoid halqalar benzoid ko’rinishiga o’tadi. Bu jarayon pirovardida bo’yagichlarning rangi ham o’zgaradi. Leykobirikmalarning aksariyati suvda yaxshi eriydi, odatda, rangsiz yoki och rangli bo’ladi. Havodagi kislorod, RO2, S12, N2O2 ta’sirida Leykobirikmalar oson oksidlanib boshlang’ich bo’yagichlarga aylanadi. Ba’zi Leykobirikmalar, masalan, leykoxinizarin, leyko-1,4 diaminoantraxinon boshlang’ich bo’yagichlarga nisbatan reaktsiyaga shiddatliroq kirishadi. Shu sababli kislotali va dispers bo’yagichlar ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida foydalaniladi.