Li Bo
Li Bo (ikkinchi nomi — Li Taybo) (701-762) — Xitoy shoiri. Ilk she’rlari romantik ruxda yozilgan. Ularda tabiat manzaralari, samoviy tuyg’ular, yurt qiyofasi, insonlar o’rtasidagi uzaro munosabatlar aks ettirilgan. Yoshligida daosizm bilan qiziqqan. Inson ozodligini ulug’laydigan bu oqim Konfutsiy qarashlariga qarshi bo’lgan. Li Bo jangchilar matonati, harbiy yurishlar dehqonlar boshiga solgan tashvishlar haqida yozadi. She’rlarida aslzodalar, amaldorlarning shafqatsizligidan nafratlanadi. 756 yilda An Lu-Shanning imperatorga qarshi qo’zg’oloni paytida Li Bo Shahzoda Li Linning xizmatida bo’ladi. Shahzoda Li Lin tarafdori sifatida shoir elanga surgun qilinadi (3 yildan keyin afv etiladi). Li Boning adabiy merosi 900 she’rdan ziyod deb baholangan. Li Bo Xitoy she’riyatini erkinlashtirish borasida ko’p ishlar qilgan. Uning merosi Xitoyda 20-asrda keng o’rganilgan va turli tillarga tarjima qilingan, u jahonning yirik liriklari bilan bir safda turadi.