Li (Lee Tsung Dao) Szun-Dao
Li (Lee Tsung Dao) Szun-Dao (1926. 25.11, Shanxay) — amerikalik nazariyotchi fizik. Millati Xitoy. Ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, elementar zarralar nazariyasi, yadro fizikasi, statistik mexanika, gidrodinamika, astrofizikaga oid. Kuchsiz o’zaro ta’sirda juftlikning saqlanmasligi haqidagi gipotezani ilgari surgan (1956). Nobel mukofoti laureati (1957; Yan-Chjennin bilan birgalikda).