Lim-Ford bo’g’ozi, limford

Lim-Ford bo’g’ozi, limford — Daniyaning shimoldagi bo’g’ozlar sistemasi, shimol dengizni Kattegat bo’g’ozi bilan bog’laydi. Uzunligi 180 kilometr. Tor ilon izi o’zanlar bilan bog’langan ko’lsimon kengliklardan iborat. Lim-Ford bo’g’ozi Vennyussel orolini Yutlandiya yarim orolidan ajratib turadi. Chuqurligi 3-5 metr. Lim-Ford bo’g’ozida 90 dan ortiq Orol bor, yiriklari — Mors va Fur. Olborg portiga Sharq tomondan katta kemalar ham kira oladi, doimiy ravishda tozalanadigan va ayrim joylari kanallashtirilgan farvater mavjud. Lim-Ford bo’g’ozida baliq va ustrisa ovlanadi.