Limfa

Limfa (lotincha lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tugunlarida bo’ladigan oqsil tabiatli, tarkibiga ko’ra, qon plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyuqlik. Organizmda Limfa hujayralar va to’qimalarni oziq moddalar bilan ta’minlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funktsiyasini bajaradi. Limfa qondan to’qimalarga uzluksiz o’tib turuvchi kislorod va oziq moddalarga boy to’qima suyuqligidan hosil bo’ladi; hujayralardan to’qima suyuqligiga ajralib chiqqan moddalar almashinuvi mahsulotining bir qismi qaytadan qonga o’tadi, qismani esa suyuqlik bilan limfa kapillyarlariga o’tib, Limfa hosil qiladi. U tarkibi va xossalariga ko’ra, qon plazmasidan farqlanadi (oqsili, solishtirma og’irligi va yopishqoqgshgi kam bo’ladi va hokazolar). Odam tanasida taxminan 1-2 litr Limfa bo’ladi, u limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa yo’llari bo’ylab harakat qilib, venoz qonga quyiladi. Limfa suyuq qism (limfoplazma) va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfoplazma tarkibiga oqsillar, glyukoza, mineral moddalar, neytral yog’lar kiradi. Limfaning shaklli elementlari limfotsitlar, monositlar va leykositlarnnt ba’zi turlaridan iborat. Biroq a’zo faoliyati kuchayganda unda Limfa hosil bo’lishi tezlashadi. Limfaning mikdori va kimyoviy tarkibi, jumladan, undagi yog’ va oqsilning foiz mikdori uning qaysi a’zodan oqib keli-shiga, mazkur a’zodagi moddalar Alma-shinuvining xususiyatlariga bog’liq. Masalan, yog’li ovqat yegandan so’ng ichak limfa tomirlarida ko’p miqdorda yog’bo’lganligi tufayli Limfa oq rangga kiradi. Ichki sekresiya bezlaridan oqadigan Limfada esa ma’lum miqdorda gormonlar bo’ladi. Limfa tugunlarida Limfa limfositlar bilan boyiydi. Limfa tugunlaridan bir necha marta oqib o’tib, filtrlanadi (to’qimalardan o’tgan bakteriyalardan va boshqa zararli moddalardan tozalanadi).