Linariya

Linariya (Linaria) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yoki kup yillik o’tlar turkumi. Ko’proq O’rta dengiz rayonlarida o’sadigan 150 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 4 turi o’sadi. Oddiy Linariyaning bo’yi 60-90 santimetr. Poyasining yuqorisi bir oz shoxlangan. Barglari nashtarsimon, bandsiz, ketma-ket. Gullari och sariq; to’pguli shingilsimon. Mevasi ko’sakcha, ko’p urug’li. Qumli yerlar, o’rmon chekkalari, qiyaliklar va yo’l yoqalarida o’sadi. Yer ustki qismida alkaloidlar, flavoin glikozidlari, vitamin S va boshqalar bor. Suyuq ekstrakti surgi sifatida xamda bavosir kasalligida qo’llanadi.