Lingvistik falsafa, Lingvistik tahlil falsafasi
Lingvistik falsafa, Lingvistik tahlil falsafasi — analitik falsafadagi oqim. Falsafaning dunyoqarashlik ahamiyatini inkor etib, jamiyatdagi barcha illatlar tilning tafakkurga salbiy ta’sir ko’rsatishi natijasida sodir bo’ladi, deb uqtiradi. Unga ko’ra, tahlilning maqsadi til ifodalarini aniqlashtirishdan iborat. Lingvistik falsafa bilishning mohiyatini uning tildagi shaklidan ajratib qo’yib, falsafiy va lingvistik tadqiqotlarni qorishtirib yuboradi. Bu oqim 1930-yillarda avstriyalik faylasuf va mantiqchi L. Vitgenshteyn (1889-1951) va ingliz faylasufi J.Mur (1873-1958) g’oyalari ta’sirida paydo bo’lib, Buyuk Britaniyada rivojlantirildi (G.Rayl, J.Ostin, J.Uisdom, P.Strouson).