Litologik-fasial xaritalar, litologik

Litologik-fasial xaritalar, litologik – paleografik xaritalar — muayyan geologik yoshdagi cho’kindi va cho’kindi-vulkanogen jinslar litologik tarkibi va kalinligining tektonik rejimi va ular sedimentasiyasining tabiiy-geografik sharoitlariga bog’liq holda fazoviy o’zgarishlarini aks ettiradi. Bir xaritada belgilar majmuasining bir biriga mos holda tasvirlash belgilashning turli sistemalari yordamida: qatlamlar litologik tarkibi — shtrix belgilari bilan; ularning qalinligi — uzluksiz chiziklar (izopaxitlar) bilan; paleogeografik sharoitlar quyuq rangli fonda; chaqiq jinslar va oqimlar yo’nalishi — harakat chiziqlari (strelka) bilan; o’ziga xos autigen minerallar va litologik fasial hamda iqlim zonalari chegarasini belgilovchi organik qoldiqlari — masshtabdan tashqari shartli belgilar bilan amalga oshiriladi. Barcha shartli belgilar ularning izohlari bilan shartli belgilar jadvaliga olib chiqiladi. Litologik-fasial xaritalar xaritalashtirilayotgan region o’ramida quruqyaik va suv havzalarining u yoki bu geologik davrda taqsimlanishi, quruqlik va dengiz tubining taxmin qilingan relefi, qadimgi daryo vodiylari holati, turli cho’kishshlar to’plangan joylar, iqlimiy zonallik va o’tmishning boshqa tabiiy-geografik holatlarini aks ettiradi. Regionning barcha cho’kindilari kesmasini uzluksiz (asrma-asr) qamrab olgan Litologik-fasial xaritalar seriyasi cho’kindilar to’planishi va mu-hitning tabiiy geografik taraqqiyotini aks ettiradi va ular o’rtasidagi bog’liklikni aniqlashga hamda fauna va floraning sharoitlari va tarqalishini va chukindi, foydali qazilmalarning shakllanishini tiklashga imkon beradi. Litologik-fasial xaritalar 1967-69 yillarda nashr etilgan 4 jildli «Litologiya-paleogeografik xaritalar atlasi»da berilgan.