LIZING XIZMATI

LIZING XIZMATI – ishlab chiqarish inshootlari, mashina ishlab chiqarish, transport vositalarini shartnoma asosida ma’lum haq evaziga uzoq muddatli ijaraga berish. Lizing xizmatining ikki turi bor: a) moliyaviy lizing xizmatida ijara to’lovi miqdori mulk egasining ijaraga bergan mulki qiymatini to’liq qoplab ham foyda keltiradi; b) oddiy lizing xizmatida ijara davrida ijaraga olingan mulkning faqat bir qismi amortizatsiyalash shaklida to’lanib, ijara shartnomasi shartlariga qarab ijarachi qoldiq qiymati ijaraga olingan mulkni sotib olishi yoki qaytadan shartnoma muddatini uzaytirishi yoki olingan lizing kompaniyaga qaytarilishi mumkin.