Logisizm
Logisizm — Kantning matematik haqiqatlarning sintetik xarakteri to’g’risidagi tezisini matematika asosida inkor etuvchi yo’nalish. 19-asr oxiri — 20-asr boshida paydo bo’lgan. Logisizm matematikaga sof taxliliy fan sifatida qaraydi, uning barcha tushunchalarini deduktiv mantiq doirasida biron-bir nomantiqiy qoidalardan foydalanmay belgilash mumkin, deb biladi. Asosiy vakillari — G. Frege, B. Rassel, A. Uaytxed. «Matematikani mantiqdan iborat qilib qo’yish» haqidagi tezis o’zini oqlamadi, shu bilan birga Logisizm matematik mantiqning rivojlanishiga yordam berdi.