Logopatiya

Logopatiya (Logos va Yunoncha Pathos — azob, kasallik) — nutqning buzilishi, bunda eshitish qobiliyati saqlangan holda nutqda nuqson kuzatiladi. Nutq apparatining turli kamchiliklari natijasida so’zdagi bo’g’inlar yoki butun so’zni tutilib takrorlash, ayrim so’zlarni to’satdan talaffuz qila olmay qolish. Logopatiya deganda Markaziy nerv sistemasining organik kasalliklarida nutq apparatining zararlanishi tufayli nutkda kuzatiladigan barcha buzilishlar tushuniladi. Ba’zi harflar (masalan, «L.», «R») ni yaxshi talaffuz qila olmaslik ham Logopatiyaga kiradi. Yozuvda ba’zi harf va hatto bo’g’inlarni tushirib qoldirish ham Logopatiya ko’rinishlaridan biridir.