LORAN QATORI
LORAN QATORI — kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasining muhim tushunchasi. Loran qatorining xususiy holi, ya’ni golomorf funktsiyani uning yakkalangan maxsus nuqtasi atrofida Loran qatoriga yoyish juda muhimdir. Golomorf funktsiyaning yakkalangan maxsus nuqtasi atrofidagi Loran qatori maxsus nuqtalarning turlarini aniklashga imkon beradi.