Luanshya

Luanshya — Zambiyaning Markaziy qismidagi shahar. Aholisi 146 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transkontinental shossedagi muhim transport punkti. Shahar yonidan magistral temir yo’l o’tgan. Mis qazib olinadigan va eritiladigan rayon markazi. Elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiydan turli buyumlar ishlab chiqariladi; oziq- ovqat, taxta tilish korxonalari, texnologiya instituti bor.