Luhrosp
Luhrosp (Avestoda — Aurvataspa) — kayoniylar sulolasining 4-hukmdori. Kayxusra Vdan so’ng taxtga o’tirgan. Poytaxtni Istahrdan Balxga ko’chirgan. «Shohnoma»ga ko’ra, Gushtasp otasi Luhrosp taxtni unga berishni istamagani uchun Rum (Vizantiya)ga ketgan va u yerda Malika Kitayunni sevib qolgan. Arjasp Isfandiyorning qamoqdaligi va Gushtaspning yo’qligidan foydalanib Eron poytaxti Balxga hujum qilgan va keksa shoh — Luhrospni o’ldirgan va Gushtaspning 2 qizini asir olib ketgan.