«Lunar Orbiter»
«Lunar Orbiter» (inglizcha «Lunar Orbiter») — Amerikada ishlab chiqarilgan, 1966 yil 10 avgustdan 1967 yil 1 avgustgacha uchirilgan oy sun’iy yo’ldoshlari (OSI) seriyalar nomi. Uchirishdan maqsad oy sirtini OSI orbitasidan turib suratga olib, televizion kanal orqali yerga uzatish. «Lunar Orbiter-1″, » Lunar Orbiter -2″ va «Lunar Orbiter -3» lar yordamida olingan fotosuratlar, asosan, «Serveyer» avtomatik apparatlarni va «Apollon» kosmik kemalarning oy kabinalarini oyga qo’ndiriladigan joylarni izlashda foydalaniladi. «Lunar Orbiter – 4» va «Lunar Orbiter-5» yordamida qo’ndirilishi mumkin bo’ladigan joylarning va oyning ko’rinadigan tomonidagi ilmiy nuqtai nazardan ancha qiziqarli bo’lgan uchastkalarining, shuningdek, sobiq Ittifoqning «Luna-3» va «zond-3» sayyoralararo avtomatik stansiyalari suratga olgan oyning teskari tomonidagi qutb rayonlarining qo’shimcha suratlari olindi. Bulardan tashqari, “Lunar Orbiter” yordamida Oy yaqinidagi bo’shliq radiatsiyasi va mikrometeorlar, oyning gravitasion maydoni o’rganildi va hokazolar.