Luo
Luo — Afrikadagi xalqlar guruhi. 2 guruhga bo’linadi. Shimoliy Luo (shilluk, anuak va boshqalar) Janubiy Sudanda, Janubiy Luo (haqiqiy Luolar, alur, acholi va boshqalar) Uganda, Kongo demokratik Respublikasi, Tanzaniya, Keniyada yashaydi. Nil-Sahroi Kabir tillarining sharinil lahjasida so’zlashadi. Haqiqiy Luolar (o’zlarini Joluo deb ataydilar) Keniya (3,25 million kishi) va Tanzaniyada yashaydilar. Umumiy soni 3,47 million kishi (1990-yillar o’rtalari). An’anaviy dinga e’tiqod qiladilar, xristianlar (asosan, katoliklar), sunniy musulmonlar ham bor.