Lyuyshun

Lyuyshun (Port-Artur) – Xitoyning shimoliy-Sharqiy qismidagi shahar, Sariq dengiz sohilidagi yil davomida muzlamaydigan port, harbiy dengiz bazasi. Lyaonin provintsiyasida, Lyao-dun yarim orolining janub chekkasida. Dalyan shahri bilan birga Lyuyda ma’muriy shahar hududi tarkibida. Kema remont qiluvchi korxonalar bor. Lyuyshun 19-asrning 80-yillarida kichik qishloq bo’lgan. O’sha vaqtdan Xitoy hukumati Lyuyshunda harbiy port qura boshladi. 1898 yilda L.ni Rossiya Xitoydan ijaraga olib, undan Xarbin shahriga temir yo’l o’tkazdi. Podsho hukumati shaharni harbiy dengiz bazasiga aylantirib, Port-Artur deb atadi. Lyuyshun 1905-45 yillarda Yaponiya qo’l ostida bo’ldi. 1955 yilda Rossiya Lyuyshundan o’zining harbiy kuchlarini olib chiqib, Xitoyga qaytardi.