Machta
Machta (gollandcha angra mast — tik) — antennalar, signalizasiya va aloqa asboblari (kurilmalari), projektor- lar, elkanlar, kuzatish maydonchalari- ni mahkamlash, simlarni tortish uchun mo’ljallangan tik (vertikal) inshoot. M.ning metall (trubalar va burchakli- klardan yasalgan), yog’och va temir-betonli xillari bor. Maxsus qurilmalar (anker- lar)ga mahkamlangan po’lat tortqilar M.ni tik ushlab turadi. Kemalarda (kema tumshugidan keyin keladigan M. — Fok- machta, ikkinchisi — grotmachta, kema oxiriga yaqin M. — bizanmachta), muqim (stasionar) kutarish kranlarida, elektr uzatish liniyalari va radioantennalar- da, kontakt tarmoqlar va aloqa inshoot- larida qo’llaniladi.