Mafiya

Mafiya (lot. maffi a, ital. mafi a — maxfiy) — zo’rlik, qo’rqitish, ter- ror, qotillik, ig’vogarlik usuli b-n iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga eri- shish uchun tuziladigan maxfiy uyush- ma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti. Bir-biri b-n o’zaro bog’langan va poraga sotilgan davlat amaldorlari, davlat organlaridan erdam oladigan jinoyat- chi guruhlar. 18-a. oxiri — 19-a. bosh- larida Italiyaning Sisiliya o.da paydo bo’lgan. 20-a.da M. tashkilotlari fao- liyati shaharlarda avj oldi. M., odatda, qimorbozlik, bangilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy axloqsizlikni uyushti- radi va o’z homiyligiga oladi, siyosiy hayotga faol aralashadi. M. davlat idora- lari, sud va polisiya amaldorlari, muay- Yan siyosiy doiralar b-n birikib ketadi. Keyinchalik uyushgan jinoyatchilikning davlat hokimiyati, sud, prokuratura va b. idoralar xodimlari b-n til biriktiri- shi va o’zaro bir-birini himoya qilishi M. deb ataladigan bo’ldi.