Magnit qutblari
Magnit qutblari, yerning magnit qutblari — yer qatlamlaridagi nuqtalar; ularda yer magnit maydonining vektor induktsiyasi tik (vertikal) bo’lib, Shimoliy qutbda pastga va Janubiy qutbda esa yuqoriga qarab yo’nalgan. Bu nuqtalarda magnit meridianlari o’zaro kesishadi. Yer atrofida magnit maydonining mavjudligini bildiruvchi hodisaga yer magnetizmi deyiladi. Muallaq erkin holda o’rnatilgan magnit mili magnit maydoni ta’sirida erning har qanday nuqtasida ushbu magnit maydonining kuch chiziqlari yo’nalishi bo’yicha yo’naladi. Magnit qutblari geofafik qutblar bilan tutashmaydi va ular yer qa’rida joylashgan. Magnit qutblari davriy o’zgarishlarni — bir kecha-kunduz, yillik va yildan yilga (asriy) o’zgarishlarni kechadi. Yerning Magnit qutblari o’zgarib turishini yer magnetizmi xizmati kuzatib boradi.