Magnitlanganlik

Magnitlanganlik – magnit maydonida joylashgan jismning magnit holatini ifodalovchi kattalik (I). U jism magnit momenti M ning jism hajmi V ga nisbatiga teng. Jismning Magnitlanganliki tashqi magnit maydon kuchlanganligiga, jismning magnit xossasiga (Ferromagnetizm, diamagnetizm, paramagnetizm, magnit materiallarning jismi, shakli va boshqa parametrlarga) bog’liq. Izotrop moddalarda Magnitlanganlik yo’nalishi tashqi magnit maydon yo’nalishidek bo’lib, anizotrop (ferromagnit monokristall) moddalarda aksinchadir.