MAGNITOMEXANIK HODISALAR

MAGNITOMEXANIK HODISALAR — magnitli mikrozar- ralarning magnit momenti b-n mexanik momenti orasidagi bog’lanishga doyr hodisalar. Atom yadrosi atrofida zar- ralar (elektron, proton, neytron)ning harakati tufayli atomda magnit momenti hosil bo’lishi b-n birga mexanik moment ham yuzaga keladi. Ferromagnit jism- larni magnit maydonta joylashtirilsa, atomlar magnit moment yo’nalishini may- don yo’nalishi bo’yicha o’zgartiradi. Bun- Day o’zgarish esa, o’z navbatida, atomlar- ning mexanik momenti o’zgarishiga olib keladi. Lekin jismning to’liq mexanik momenti (harakat miqdori) o’zgarmaydi, jism atomlarining mexanik momenti yo’nalishiga teskari harakat mikdori momenti hosil bo’ladi, u holda jism ay- lanma harakatlanadi. Buni solenoidda elastik ipga osilgan metall sterjen- da kuzatish mumkin. Agar solenoiddan elektr toki o’tkazilsa, metall sterjen magnitlanadi va aylanma harakatlanadi. Bunda harakat miqdorini ipning bura- lishidan aniqlanadi (tajribani 1915 y.da A. Eynshteyn va golland fizigi V. de Xaaz amalga oshirgan). Bu tajri- bada metall sterjen o’z o’qi atrofida tez aylantirilsa tashki magnit maydon bo’lmaganda ham (ya’ni solenoidda elektr toki bo’lmasa xam) sterjen magnitlani- shini kuzatish mumkin. Bu effektni Ame- rikalik olim S. Barnett 1909 y.da ku- zatgan. M. h., ayniqsa, atom tuzilishini o’rganishda muhim. M. h. har xil jism- larning magnit xossalarini aniqlashga imkon beradi.