Mahmud G’aznaviy

Mahmud G’aznaviy, Abulqosim Mahmud ibn Sabuqtegin (967— G’azna, 1030) — davlat arbobi va harbiy sar- karda, G’aznaviylar davlati hukmdori (998-1030). Sabuqteginttg o’g’li. Yosh- ligida otasidan harbiy san’-atni pux- ta egallagan. Somoniylarga qarshi isyon ko’targan turk amirlari Abu Ali Simju- riy va Foyiqqa qarshi janglarda otasi- ning qo’shinida qatnashib, katta jasorat ko’rsatgani uchun «Sayf uddavla» («davlat qilichi») unvoni b-n taqdirlandi (994). G’aznaviylar davlatining Nishopurda- gi no-ibi (994-997). Otasi vafotidan so’ng taxtni egallagan (998 y.dan). Marv yaqinidagi jangda Somoniylar qo’shinini mag’lubiyatga uchratgan (999. 16.5). Somo- niylar davlati ag’darilgach, M. F. Bag’dod xalifasi al-qodir (hukmronligi, 991 -1031)dan «Yamin uddavla va amin ulmilla» («davlatning o’ng qo’li va millatning ishonchi») degan faxriy unvon va Xuroson hokimligi haqida yorliq olgan (999). Krraxoniplar xoni Nasr M. G’.ga elchi yuborgan; 1001 y.da Qoraxoniylar b-n tuzilgan sulh shartno – masiga muvofiq, har 2 davlat o’rtasidagi chegara chizig’i qilib Amudaryo belgilan- Di. Shunday qilib, Somoniylar davlati o’rnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. M. F. qo’lida shim. Hindiston chegarasi- dan tortib Xazar (Kaspiy) dengizigacha cho’zilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga shim. Hindiston, Xorazm va G’arbiy Eron ham kiritilgan. Qoraxoniylar b-n ayrim urushlar (1006-08)dan so’ng, Chag’oniyon, keyinchalik Xuttalon, Qabodiyon viloyat- lari va Termiz, Amul (Chorjo’y)ni ham o’z davlati tarkibiga qo’shib olgan. M. G’. yirik harbiy yurishlar olib borish b-n birgalikda qo’shni davlatlar huk- mdorlari b-n diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari o’rnatgan. Bayhaqiyning yozishicha, Xorazmdagi xalq g’alayonlari oqibatida 1016 y.da Abul AB- bos Ma’mun qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz Muhammad ibn Ma’mun o’tirdi. M. G’. bu xabarni eshit- gach, qasos olish bahonasida katta qo’shin (100 ming askar, 500 fil) b-n kelib, xo- razm davlati poytaxti Qiyotni egallagan (1017) va Hojib Oltintoitk Xorazmda o’z noibi qilib qoldirgan va Beruniy boshchiligidagi olimlar, shoirlar va san’-atkorlarni, shuningdek, yosh Xorazm- shohni butun sulolasi b-n G’aznaga olib qaytgan. Fors tarixchisi Gardiziynnt «Zayn al-Axbor» («xabarlar ko’rki») asari- da (1050-52) yozilishicha, 1025 y.da Samarqandning Jan.da o’sha davrning 2 buyuk hukmdori: M. G’. va Qoraxoniylar tamg’achxoni Qodirxon o’rtasida tarixiy uchrashuv bo’lgan. Ikki o’rtada shartnoma tuzilib, unga ko’ra qoraxoniylarning Samarqanddagi noibi Aliteginldm Movarounnahr qaytarib olinib, Qodirxonning o’g’li Yiganteginga beril- gan. Tazyiqqa uchragan 4 ming o’tovli o’g’uz xonadonlari (sal-juqnint avlodlari) M.G’. ning ruxsati b-n o’sha yili Nuro- ta atrofidagi Xurosonga ko’chirilgan. M. G’. Qoraxoniylar b-n o’z mavqeini mustahkamlab, asosiy e’tiborni shim. Hindistonni oxirigacha zabt etishga qaratgan. U Panjob va Kashmir viloyat- lariga 17 marta harbiy yurishlar uyush- tirgan (1002-28). Mahalliy aholini Islom diniga kiritgan. Uning harbiy safarlarida Beruniy hamkorlik qilgan. Beruniyning mashhur «Hindiston» (1030-31) asari ushbu safarlar na- tijasida vujudga kelgan. M. G’. Arab va pahlaviy (fors) tillarini puxta bil- gan, turkiy tilda she’-rlar bitgan. O’z davlatining poytaxti G’aznada Nodir ki- toblardan katta ku-tubxona to’plagan. Bu davrda Islom madaniyati rivojlanishi va Islom dini tarqalishiga katta hissa qo’shgan. Xususan, o’z saroyida 400 dan ortiq olimlar, shoirlar va san’atkor- lar (Beruniy, Unsuriy va b.)ni to’plab, ularga homiylik qilgan. Qudratli va jangovar harbiy qo’shin hamda dengiz flotiga ega bo’lgan. G’aznada vafot etgan, qabrida maqbara o’rnatilgan. Sharq Allo- malarining asarlarida M. G’. adolatli va fuqaroparvar podsho, dushmanga nis- batan shafqatsiz sarkarda sifatida tas- virlanadi. Ad.: Beruniy, Hindiston [Tanlangan asarlar], 2-j., T., 1965; Abu-l-Fazl Bey- xaki, Istoriya Mas’uda (1030-1041), T., 1962; izd. 2, M., 1969; Abu sa’ID gar-D iziy , Zayn al-axbar, T., 1991; Bosvort K. E., Musulmanskie dinastii, M., 1971; O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocher- klari, T., 2001. Qahramon Rajabov.