Mahmud Hakim Yayfoniy
Mahmud Hakim Yayfoniy (1850-1930) — tarixchi, tabib, adib. Unga qo’qonlik tabib Boqiyxon ustozlik qilgan. Hakimiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. «Devoni Hakimiy» nomli g’azallar devoni, «tariq ul-iloj» («davolash usuli»), «Abu Ali ibn Sino qissasi», «Ma’dan ul-Adviya» («doridarmonlar manbai»), «qonun ul-iloj» («davolash qonuni»), «Mujarraboti Mahmudiy» («Mahmud tajribalari»), «xullas uttavorix» («tarixlar sarasi») kabi asarlar muallifi.