Mahmud II
Mahmud II (1784.20.7-1839.1.7, Istanbul) — Turkiya sultoni (1808-39). Markazlashgan imperiya tuzish maqsadida bir necha islohotlar o’tkazgan. 1826 yil yanicharlar polkini tarkatib, muntazam armiya tuzish to’g’risida farmon chiqargan, yangi ma’muriy birliklar tuzgan, harbiylen tizimini bekor qilib, yevropacha usulda ichki, tashqi ishlar va moliya vazirliklarini joriy qilgan. Bu islohotlar Usmonli turk imperiyasining tanazzulga yuz tutishining asosiy sabablarini bartaraf qila olmagan. M.N Misr poshosi Muhammad Ali bilan bo’lgan urushlar (1831 — 33 va 1839)da engilgan. Buyuk Britaniya va Frantsiyaning Mahmud II dan savdo bitimlari (1838) bo’yicha olgan imtiyozlari Turkiyani Yevropa davlatlari ta’siriga tushishini tezlashtirgan.