Mak-Magon (Mac-Mahon) Mari Edm Patris Moris

Mak-Magon (Mac-Mahon) Mari Edm Patris Moris (1808.13.6, Syulli, Sona va Luara departamenti — 1893.17.10, La-Fore, Luara departamenti) — Frantsiya marshali, gersog, Frantsiya Respublikasi prezidenti (1873-79). Mak-Magon Qrim urushi 0853-56) qatnashchisi; Avstriya-Italiya-Frantsiya urushi (1859) da Majent shahri bo’sagasidagi g’alaba uchun gersog va marshal unvonini olgan. 1864-70 yillarda Jazoir General-gubernatori. Frantsiya-Prussiya urushi (1870-71) da Sedan shahri yonida mag’lubiyatga uchragan armiyani boshqargan; Parij kommunasini bostirgan Versalchilar qo’shiniga qo’mondonlik qilgan (1871). Mag’lubiyatga uchragan monarxik to’ntarishni tayyorlashda qatnashgach, iste’foga chiqqan (1879).