Makedoniya
Makedoniya — Bolqon ya.o.ning markazida joylashgan tarixiy vilo- yat. M. hududiga aholi (illiriy va fra- kiy qabilalari) neolit davridan bosh- lab joylashgan. Mil. AV. 5 — 2-a.larda M. hududida qad. Makedoniya davlati bo’lgan. Mil. 6 — 7-a.larda M. hududida slavyan qabilalari ko’chib kelgan. Slavyan- lar mahalliy qabilalar b-n aralashib ketgan. 7-a.da Vizantiya M. slavyanlari- ni qisman o’ziga bo’ysundirgan. 9-a.ning 2-choragida M.ning katta qismi birinchi Bulg’or podsholigita kirgan. 9-10-a.lar- da M. hududida mulkdorlik (feodal) mu- nosabatlari shakllangan, xri-stianlik keng yoyilgan. 10-a.ning 70-y.larida G’arbiy Bulg’oriya podsholigi vujudga kelib, M. mazkur podsholik hududining asosiy qismini tashkil qilgan. 1018 y.da M.ni Vizantiya bosib olgan. 1230 y.da M. Ikkinchi bulg’or podsholigi hududining bir qismigaaylangan. 14-a. ning o’rtalarida M.ni Serbiya, 14-a. ning so’nggi choragida esa Usmonli turk imperiyasi bosib olgan. Turkiya zulmi- ga karshi milliy ozodlik kurashlari ko’tarilgan (Ilinden qo’zg’oloni, 1903). Bolqon urushlari natijasida (1912-13) M. Serbiya (Vardar M.si), Gresiya (Egey M.si) va Bolgariya (pirin o’lkasi) dav- latlari o’rtasida bo’lib olingan.