Maket

Maket (italyancha macchietta — xomaki loyiha) — 1) me’morlikda loyihalanayotgan yoki mavjud inshoot, ansambl, me’moriy majmuaning kichraytirilgan hajmda tayyorlangan nusxasi. Maketlar gips, yog’och, plastmassa, karton kabi mahsulotlardan asl ko’rinishiga o’xshatib tayyorlanadi. Maket me’morlik loyihalarini tekshirish, takomillashtirishga xizmat qiladi, shuningdek, me’moriy muzeylar ko’rgazmasining asosiy muhim qismi hisoblanadi; 2) poligrafiyada matn grankalari va rasmlar nusxasi yopishtirilgan, bo’lg’usi nashr bichimidagi qog’oz varaqlari; unga sahifalashga doir texnik ko’rsatmalar ilova qilingan bo’ladi; 3) nashrning badiiy bezaladigan eskiz loyihasi.