Makka

Makka (Arab. Umm ul-Quro, Umm ul- Madoin — shaharlar onasi va b.) — Sa- Udiya Arabistonining g’arbiy qismidagi shahar, qizil dengizdan 70 km uzoqdikda joylashgan. Hijoz viloyatining ma’- muriy markazi. Aholisi 1 mln. Kishiga yaqin (2001); haj vaqtida (hajga keluvchi- lar hisobiga) 2 mln.dan oshadi. M. qad. shahar, asos solingan yili noma’lum. Dastlab Zamzam bulog’i atro- fida aholi turar joylari paydo bo’lgan. M. ilk bor Ptolemey asarlarida Mako- Raba deb qayd etilgan. Mil. AV. 2—1ming yilliklarda M. Arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom pay- do bo’lishidan avval Sharq b-n O’rta dengiz bo’yi davlatlari o’rtasidagi savdoda muhim o’rin tutgan. Mil. 5-a. o’rtalarida M. Quraysh qabilasi qo’liga o’tdi. Shu davrda Quraysh qabilasining boshlig’i Zayd bin Kilob (Qusay laqabi b-n mashhur) Ka’ba atrofidagi erlarni o’z qabiladoshlariga bo’lib berdi. Qusay va uning avlodlari o’tkazgan islohotlar natijasida M. tez suratlar b-n o’sdi, bo- zorlar ko’payib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. 6-a. oxiri — 7-a. bo- shida shahar Arabiston ya.o.ning faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy Mar- kaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda M.da yakkaxudolik (tavhid)ga asoslangan Islom dinining targ’iboti boshlandi. M.da Muhammad (sav) tug’ilgan, 7-a.dan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohi. 610 y. Muhammad (sav) M. yaqinidagi Hiro tog’ida o’ziga birinchi bor vahiy, ya’ni Qur’on oyatikarimalari nozil bo’lganini e’lon qildi. 622 y.da Musul- mon jamoasi M. b-n raqobatlashib kel- gan Yasrib (Madina) sh.ga ko’chib o’tdi (q. Hijra). 630 y.da shahar musulmonlar qo’l ostiga o’tdi va M.ga haj qilish is- lomning 5 arkonidan biriga aylandi. Umaviylar davrida (661-750) shahar qiyofasi keskin o’zgardi: ko’p qavatli qasr, saroylar paydo bo’ldi. Bag’dod xa- lifaligi (750-1258) inqirozga uchra- gandan so’ng M. Fotimiylar, Ayyubiylar va mamluklar qo’l ostiga, keyinchalik US- monli turk saltanati to-beligiga (1517) o’tdi. 1916 y.dan M. — Hijoz qirolligi poytaxti. 1924 y. Ibn Sa’ud qo’shinlari M.ni ishgol etdi. 1932 y.dan Saudiya ara – bistoni tarkibida. M.dagi Al-masjid alharom va Baytulloh alharom—Ka’ba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh. M. aholisi, asosan, hajga kelganlar- ga xizmat ko’rsatish, ibodat qiluvchilar uchun diniy buyumlar (maxsus kiyim- lar, ya’ni ihrom, tasbeh, atirlar, zam- zam suvi uchun idishlar) tayyorlash b-n shug’ullanadi. Gilam to’qish korxonala- ri, ustaxonalar mavjud. Umm al-Quro unti bor (1981). M. savdo va avtomobil yo’llari tuguni. Avtomobil yo’llari shaharni Arriyod, Madina va Jidda sh.lari b-n bog’laydi. Ad.: Hasanov A.A., Makka va Madina tarixi, T., 1992; Inog’omov SR., Saudiya Arabistoni Podshohligi, T., 1998; Abbud Gassan Axmad, Sovremennoe korolevstvo Saudovskaya Araviya, T., 2002. Ahmadjon Hasanov.