Maklyura

Maklyura (Macluea) — tutdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bitta turi — mevali Maklyura yoki to’q sariq Maklyura bor. Ilgari boshqa turkumlarga mansub deb hisoblangan 12 tur o’simlik ham, ba’zan Maklyuraga kiritiladi. Mevali Maklyura — ikki uyli, bargi to’kiladigan daraxt. Bo’yi 20 metrcha, quyuq shox-shabbali, novdalari tikanli. Bargi spiralsimon o’rnashgan, yaxlit, tuxumsimon, lentasimon. Mevasi dumaloq, tilla rangsariq, bujmaygan, apelsinga o’xshayli, iste’mol qilinmaydi. Shimoliy Amerika, AQSh ning Janubda o’sadi. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida va yashil devor uchun o’stiriladi. Yog’ochi sariq, pishiq, og’ir, tokarlikda ishlatiladi; yog’ochi va ildizidan sariq bo’yoq olinadi.