Makroiqlim
Makroiqlim (makro… va iqlim) katta hududlar, geografik zonalar, materiklar va okeanlar yoki ularning ayrim qismlari va hatto, butun yer sharining iqlimi. Yer yuzasi ana shunday yer qismining geografik omillari va atmosfera umumiy tsirkulyasiyasi sharoiti o’xshash bo’lsa, Makroiqlimi ham bir xil bo’ladi. Masalan, passat zonasi Makroiqlimi, Sharqiy Sibir Makroiqlimi, O’rta dengiz bo’yi Makroiqlimi, Antarktida platosi Makroiqlimi va hokazolar. Makroiqlimdan farqli o’laroq, mahalliy iqlim, mikroiqlim kichik hududlar iqlimi bo’ladi.