Makshevat g’ori
Makshevat g’ori – Tojikiston- dagi g’or. Zarafshon tizmasining Sharkiy qismida, 3000 m balandlikda joylash- gan. Silurdevon davriga mansub bo’lgan ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning kirish qismi katga xonadan iborat (bal. 23 m). G’or ichiga 11 m kirilgandan so’ng uning bal. 3 m ga pasayadi. So’ngra gor yana kengayib keyingi xonaga (bal. 10 m ga yaqin) o’tiladi. Xonadan o’tgach, gor zinapoya (bal. 3 m li) shaklida pastga yo’nalgan. Zinapoyadan keyin, sahni va devorlari muz b-n qoplangan xona bosh- lanadi (uz. 10 m, bal. 15 m). Xonadan so’ng g’or, muz b-n qoplangan va pastga yo’nalgan zinapoyasimon pog’ona (bal. 4,5 m) hosil qiladi. G’or sahni ko’tarilib, tor tirqish shaklida tugaydi. Muzning mavjudligi va havo haroratining past- ligi sababli g’or ichkarisida doimiy salqin muhit saqlanadi. G’orning umu- miy uz. 102 m dan ziyod.