Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari – bolalar va o’smirlar b-n maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. MAK- Tab b-n yaqindan boglanib ish yuritadi. M.t.t.m. ga bolalar, o’smirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markaz- lari, bolalar-o’smirlar sport maktabla- ri, san’at maktablari, musiqa maktabla- ri, studiyalar, kutubxonalar, soglomlash- tirish muassasalari va b. muassasalar kiradi. Ular yil bo’yi ishlayli. Bola- lar va o’smirlarning yakka tartiblagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari. jamoat birlashmala- ri. shuningdek, bo!iqa yuridik va jis- Moniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va b. yo’nalishlarla M.t.t.m.ni tashkil etishlari mumkin. M.t.t.m.da umumiy o’rta ta’lim makta- blarining barcha sinf o’k,uvchilari o’z ixtiyorlari b-n maktab o’quv dasturi- dan tashqari qo’shimcha fanlar, san’- at turlari, badiiy hunarmandchilik va b. kasb-hunar, sport turlarini o’rganadilar. M.t.t.m.da o’quvchilar uchun turli yo’nalishlar bo’yicha to’garak, klub, studiya, ansambl, guruh va sh.k. tashkil qilinadi. M.t.t.m. O’zR Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan me- ‘yoriy hujjatlarga muvofiq faoli-yat olib borali. O’zbekistonda 621 M.t.t.m. faoliyat ko’rsatadi; ularda 200 dan ortiq maktabdan tashqari ta’lim yo’nalishi bo’yicha 33 mingdan ziyod turli to’garak, klub, sektsiya, studiya, ansambl va b. ijodiy uyushmalar tashkil etilgan. 2002/2003 o’quv yili boshida M.t.t.m. da ta’lim oluvchilar 715 ming o’quvchini tashkil etdi. Saidqosim Usmonov.