Maktabshunoslik

Maktabshunoslik – peda- gogika fanining maktab ishlarini boshqarish asoslari, yo’l, shakl, vosita, usul va metodlarini tadqiq etish b-n shu-g’ullanuvchi maxsus sohasi. Maktabni boshqarishning o’ziga xos qirralarini ochib beradi. O’zbekistonda O’zR Kon- stitusiyasi, «Davlat tili to’g’risida», «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlar, «kad- rlar tayyorlash milliy dasturi», O’zR hukumati va Xalq ta’limi vazirligi- ning ta’limtarbiya jarayoni, shunin-gdek, o’quv muassasalarini tashkil etish va rivojlantirish to’g’risidagi qarorlari, ilg’or mamlakatlar hamda ped. Fanida bu sohada to’plangan tajribalar M.ning asosiy manbalari hisoblanadi. M. MAK- tabni boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy tamoyillari, xalq ta’limi muassasalarining faoliyati va ularning maktab pedagogik jamoasi va xo’jalik hayotiga rahbarlik qilish me- todlari, pedagog va o’qituvchilarning umumiy o’qishlarini tashkil etish, umu- miy ta’lim maktablari hamda ularning tarmoqlarini yaratish va qurish yo’llari, maktab binolarini loyihalash va qurish, maktab er uchastkalari va hududlarini barpo etishga qo’yiladigan pedagogic talablar, maktablarni moliyalash, ular- ni o’quv qurollari b-n ta’minlash mu- ammolari, o’quv tarbiya jarayonlarini boshqarish b-n shug’ullanuvchi xalq ta’li- mi muassasalari faoliyati, maktab ishi-ga rahbarlik qilish, maktab moddiy tex- Nika bazasini yaratishda o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatishni tashkil etish, maktab ichki rahbarligi ishining mazmun va metodlari, zamonaviy yangi maktab o’qituvchisining qiyofasi, xalq ta’limi muassasalarining hisoboti va hisobga olish ishlarini tashkil etish, maktab ishlari statistikasi kabi masa- lalarni ilmiy jihatdan yoritib beradi. M., birinchi navbatda, maktablar taj- ribasi va ularning ish uslubiga tayanadi. Rivojlangan mamlakatlarning ilg’or ish tajribasini o’rganish va umumlashtirish ham M.ning muhim vazifalaridandir. M. xalq ta’limi muassasalari hamda maktab xodimlarining amaliy faoliya- ti va nazariy xulosalarini boyitishga xizmat qiladi. Kadrlar tayyorlashni ta- komillashtirish ham M.ning muxim ma- salalaridan biri. O’zbekistonda M.ning turli masalalariga oid tadqiqotlar O’zbekiston Ped. fanlari i.t. insti- tuti, Toshkent ped. unti va b. ped. in- tlarida olib boriladi. Rohatoy Safarova, Laylo Shermama- tova.