Malaka
Malaka — 1) psixologiyada — mu- ayyan kasb, ishni yaxshi o’zlashtirish na- tijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar angla- nilgan yoki anglanilmagan tarzda amal- ga oshiriladi. Harakatni ba~ jarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish g’ayriixtiyoriy ra- vishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga e’tibor kamayadi. Harakatning qisman g’ayriixtiyoriy ravishda bajari- lishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari o’zgarib bora- Di. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo’ladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Buning na- tijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila bo- radi. Mas, tajribali mashinkada yozuv- chi klavishlarga karamasdan yozaveradi. M. hosil kilish tezligi uning murak- kablik darajasi, kishining yoshi, indi- vidual xususiyati, bilimi va b. omil- larga bog’liq. Kishidagi M., ko’pincha, boshqa M. hosil bo’lishida yordam beradi. Mas, avtomobil haydashni yaxshi bil- gan kishi traktor va b. mashinalarni haydashni ham osonlik b-n o’rganadi. Bunday holat M.ning ko’chishi de-yiladi. Ba’zi hollarda esa mavjud M. boshqa M.lar hosil bo’lishiga xalaqit beradi. Bu M.ning interferentsiyasi deyiladi. Uzoq mashq qilmaslik va organizmning normal bo’lmagan holatlari (kasallik, qattiq charchash, hayajonlanish va b.)da M. yo’qolishi mumkin. Bu sabablar bar- taraf etilishi b-n M. yana tiklanadi; 2) M. Huqu qda — ishni bajarish uchun qanday kasb qay saviyada egallaganligi- ni ko’rsatuvchi daraja. Mehnat krnun- chiligida ish M.si va ayrim xodimlar M.si degan turlarga bo’linadi. Odat- da, xodimlarning M.siga qarab ularga biror tarif razryadi beriladi. Tarif razryadi xodimning muayyan ish turi- ga layoqatli ekanligini tasdiklaydi. Davlat korxonalari, tashkilotlari va mu-assasalarida tarif stavkalari va mansab maoshlarini belgilatshda M. raz- ryadi muhim ahamiyatga ega. Mac, ishbay ishlovchi xodimlarning mehnatiga ish M.si bo’yicha, ya’ni shu ish uchun uning murakkabligini hisobga olib belgilan- gan baholar bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay ishlovchi xodim vaqtincha ish beruvchi ta- shabbusi b-n pastroq razryadli ishni ba- jarsa, u ish haqining AV-valgi razryadi b-n bajarilgan ish razryadi o’rtasidagi farqni olishga haklidir (O’zbekiston Respublikasi MK 95—modda). Xodimlar M.si maxsus M. komis- siyasi tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarning muayyan bir ish turini bajarayotgandagi shaxsiy bilimlari va mahorati asosida razryad, kategoriya yoki diplom beriladi.