Malaka oshirish

Malaka oshirish, Kadrlar ma- lakasini oshirish va ularni qayta tayyor- lash (O’zRda) — uzluksiz ta’lim tizimi turlaridan biri, xalq xo’jaligining barcha sohasida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini yangilash hamda chu- qurlashtirish jarayoni. Kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va ko’nikmalarining zamon tala- blariga javob bera oladigan darajada bo’lishini ta’minlaydi. M.o. va qayta tayyorlash har bir xodimning o’z muta- xassisligi bo’yicha so’nggi fan yutuKla- ri, yangiliklari b-n tanishish, ularni o’zlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilgor ish tajribalarini o’rganishdan iborat ilmiy naza- riy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi. M.o. va kayta tayyorlash davriyligi turli mutaxassislar hamda rahbar xodimlar uchun turlicha bo’lib, 2-5 y.da 1 marta, zarur hollarda bun- dan qisqa muddatlarda o’tkaziladi. M.o. va qayta tayyorlash un-tlarda, malaka oshirish in-tlarida qamda professio- nal qayta tayyorlash huquqiga ega bo’lgan o’quv markazlarida amalga oshiriladi. Mazkur jarayon i.ch.dan ajralgan, qisman ajralgan va ajralmagan holda bo’lishi mumkin. Uning shakli M.o. ta’lim mu- assasasi tomonidan ta’lim dasturi- ning murakkabligi e’tiborga olingan holda va buyurmachining u b-n tuzilgan shartnomasi asosidagi ehtiyojlariga muvofiq ravishda belgilanadi. M.o. va qayta tayyorlash muddati turlicha bo’lib, har bir holda qo’yilgan maqsad hamda va- zifalarga muvofiq belgilanadi. M.o. va qayta tayyorlash ta’lim muassasasi o’quv jarayonini maqsadli tashkil etish, ta’- lim shakli, uslublari, texnologiyasini qo’llash orqali tinglovchilarga ta’lim dasturlarini o’zlashtirishlari uchun za- rur tsharoitlar yaratadi. Mazkur dastur- lar malaka oshirish ta’lim muassasala- ri tomonidan buyurtmachi eqtiyojlarini, shuningdek, qo’shimcha kasb ta’limi da- sturlari mazmuni oldiga qo’yilgan dav- lat talablarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi. Mutaxassislarni profes- sional M.o. va kayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestasiyasi b-n tugal- lanadi. Attestasiyani o’tkazish tartibi ta’limni boshqarish bo’yicha tegishli davlat organlari tomonidan belgilana- Di. O’quv rejasining barcha talablarini bajargan, yakuniy davlat attestasiyasi- dan muvaffaqiyatli o’tgan tinglovchilar M.o. va qayta tayyorgarlikdan o’tganligi haqida belgilangan namunadagi diplom yoki sertifikat oladilar. Kadrlar ma- lakasini oshirish va ularni kayta tay- yorlash tartibi O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Saidqosim Usmonov.