Malakka
Malakka — Osiyoning Jan.-Sharqiy qismidagi yarim Orol. Hindixitoy ya.o.ning Janubiy qismi. G’arbdan Anda- man dengizi va Malakka bo’g’ozi, Shark- dan Jan. Xitoy dengizi va uning Siyom qo’ltig’i o’rab turadi. Uz. 1300 km chamasi. Mayd. 190 ming km2. Kengligi eng tor joyida 40 km. Shim. chegarasi kra bo’yni (10° sh.k.) orqali o’tadi. Ba’zan M.ga kra bo’ynidan shimolroqdagi hududni (taxm. 13° sh.k.gacha, Myanmaning bir qismini) ham kiritadilar. M.ning shim. qismi Tailand, Jan. Malayziya (G’arbiy Ma- layziya) hududi. M.ning er yuzasi past va o’rtacha balan-dlikdagi tog’lardan iborat. Eng baland joyi — Taxan cho’qqisi (2190 m). So-Hillari botqoklashgan pastekis- lik. Mezozoy granitlari orasida qalay va volfram konlari bor. Oltin, mis, temir, molibden, qo’rg’oshin, rux, boksit, ko’mir konlari topilgan. Iklimi Jan. da ekvatorial, shim.da subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yog’in tekisli- Klarda 1000-2000 mm, tog’larda 4000 mm gacha. Qalin tropik o’rmonlar, sohil qismi mangra o’rmonlari b-n qoplangan. Sholi, kauchukli o’simliklar, kokos pal- masi plantasiyalari bor. M.da Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur sh. joylashgan.